Tavsif
Polshadagi Leaders of Change Foundation jamgʻarmasi 2025-2026-oʻquv yilida The Lane Kirkland grant dasturi uchun Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va Oʻzbekistondan boʻlgan nomzodlar uchun ochiq tanlov eʼlon qiladi.
Dastur beshta Polsha akademik markazlaridan biridagi (Varshava, Krakov, Vroslav, Poznan, Lyublin) universitetda ikki semestr davomida bepul oʻqish hamda davlat, xususiy va nodavlat tashkilotlarda kamida ikki haftalik professional amaliyot oʻtash imkoniyatini taklif etadi. Shuningdek, dastur davomida keng qamrovli trening va seminarlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Grantlar oʻz mamlakatlarida va mintaqada demokratiya, iqtisodiyot va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga befarq boʻlmagan oliy maʼlumotli yosh liderlar va mutaxassislar uchun moʻljallangan. Tanlov jarayonida eng munosib nomzodlar dastur tugagandan soʻng, dastur davomida olgan bilimlarini yoki uning bir qismi sifatida tayyorlangan loyihani amalga oshirish uchun oʻz vataniga qaytishga qaror qilgan mutaxassislardir.
Dastur Polsha-Amerika Ozodlik Jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, Polsha Milliy Akademik Almashinuv Agentligi (NAWA) tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi. Dastur hech qanday ilmiy darajaga teng deb hisoblanmaydi.
Dastur va universitetda oʻqish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.