Tavsif
“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- 1️- oʻrin – “Spark” avtomobili;
- 2️-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
- 3️-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.
Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
- 1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
- 2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.
Mazkur tanlov uchun ariza topshirish 15-martga qadar davom etadi.
Tanlov nizomi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.