Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
a) “Yilning eng faol bilimdon talabasi” (oʻz mutaxassisligi boʻyicha), bunda talabaning fanlarni oʻzlashtirishi va oʻquv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar koʻrib chiqiladi;
b) “Yilning eng faol targʻibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy taʼlim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targʻibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda oʼzi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari koʻrib chiqiladi;
d) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion gʻoyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati koʻrib chiqiladi;
e) “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqyosidagi oʻtkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari koʻrib chiqiladi;
f) “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning joriy yilda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzi yaratgan taʼlim olishga talaba-yoshlarni targʻib qiluvchi ishlanmalari va oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarni yoritishda faollik darajasi hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari koʻrib chiqiladi;
g) “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning ozi tanlagan mutaxassisligi yoʻnalishidan qat‟iy nazar musiqa, adabiyot, sanat va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari koʻrib chiqiladi;
h) “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yolga qoʻygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan taʼminlaganlik darajasi koʻrib chiqiladi.
Nominatsiyalar boʻyicha birinchi bosqichda 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻolib va sovrindorlar tegishli ravishda taqdirlanadilar:
- 1-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida;
- 2-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida;
- 3-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.
Tanlovning Respublika bosqichida har bir nominatsiyalar boʻyicha 1, 2 va 3-oʻrin sovrindorlari boʻlgan ishtirokchilar tanlov statuetkasi, guldasta, Oliy va orta maxsus taʼlim vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va:
- 1-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari miqdorida pul mukofoti:
- 2-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofoti;
- 3-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.