Tavsif
Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti magistranti Shokir Yoʻldosh tomonidan oʻzbek tilini ona tili sifatida oʻqitish hamda taqlid soʻzlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilk maqolalar tanlovini eʼlon qildi.
Tanlov 3 asosiy va bir bonus yoʻnalishda oʻtkaziladi:
- Oʻqib tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Lingvistik bilimni kontekstda oʻqitish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Olmoshning mustaqil soʻz emasligini/ekanligini hamda taqlid soʻzning mustaqil soʻz turkumi ekanligi/emasligini isbotlab bergan eng yaxshi ilmiy maqola.
Tanlovda ilmiy darajaga ega boʻlmagan va doktorantura bosqichida oʻqimayotgan barcha ishtirok etishi mumkin. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.