Ona tilini oʻqitish metodikasi va tilshunoslikka qiziquvchi barcha uchun ilmiy maqolalar tanlovi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Ona tilini oʻqitish metodikasi va tilshunoslikka qiziquvchi barcha uchun ilmiy maqolalar tanlovi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti magistranti Shokir Yoʻldosh tomonidan oʻzbek tilini ona tili sifatida oʻqitish hamda nazariy tilshunoslikdagi ayrim muammolarga urg'u berish maqsadida ilmiy maqolalar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlov 3 asosiy va bir bonus yoʻnalishda oʻtkaziladi:

  1. Oʻqib tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
  2. Yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
  3. Lingvistik bilimni kontekstda oʻqitish haqidagi eng yaxshi maqola.
  4. Olmoshning mustaqil soʻz emasligini/ekanligini hamda taqlid soʻzning mustaqil soʻz turkumi ekanligi/emasligini isbotlab bergan eng yaxshi ilmiy maqola.

Tanlovda ushbu sohaga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda ushbu sohaga qiziqqan barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Maqolalar quyidagi mavzularga doir boʻlishi lozim:
    1. Oʻqib tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
    2. Yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
    3. Lingvistik bilimni kontekstda oʻqitish haqidagi eng yaxshi maqola.
    4. Olmoshning mustaqil soʻz emasligini/ekanligini hamda taqlid soʻzning mustaqil soʻz turkumi ekanligi/emasligini isbotlab bergan eng yaxshi ilmiy maqola.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Har bir yoʻnalish gʻolibi 300.000 soʻmdan pul mukofotini qoʻlga kiritadi.

Topshirish jarayoni

Maqolalarni @maqolaga_bot  manziliga 20.02.2022 soat 23:59 gacha yuborish mumkin. Muddat qatʼiy. 

Qo'shimcha ma'lumot

Maqola oʻzbek tilida boʻlishi shart, unda annotatsiya (faqat oʻzbek tilida), kalit soʻzlar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qismlari boʻlishi shart. Foydalanilgan adabiyotlarning betlari ham koʻrsatilishi lozim.

Maqola uchun tanlangan mavzu aniq ochib berilishi shart. Maqola sarlavhasini mavzu doirasidan kelib chiqqan holda erkin tanlash mumkin.

Maqola 3 betdan kam boʻlmasligi lozim. Maqolada Oʻzbek tilining buyuk til ekani, Navoiy unga qanday hissa qoʻshgani, bugungi kundagi eʼtibor, Prezidentning til haqida nimalar degani va shunga oʻxshash pafosli gaplar hamda suv maʼlumotlar aks etmasligi maqsadga muvofiq.

Gʻoliblar 23.02.2022 da eʼlon qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Ona tilini oʻqitish metodikasi va tilshunoslikka qiziquvchi barcha uchun ilmiy maqolalar tanlovi. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi
20 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.