Tavsif
Yosh liderlar jamiyati dasturi (The Young Leaders Fellowship Program) 18-26 yosh oraligʻidagi barcha davlatlarda boʻlgan yosh liderlarga moʻljallangan dastur hisoblanadi.
Dasturda jamiyatdagi taʼlim, sogʻliq va iqtisodiy muammolarni yechishga qiziqishi boʻlgan liderlar ishtirok etishlari mumkin. Bir yil davom etadigan dastur ishtirokchilarga oʻzlarining jamiyatida liderlikni rivojlantirish, global fuqarolik, ehtiyotkorlik va fikrlarini namoyish qilib bera olish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Dastur jamoasi, mentorlar va ishtirokchilar barchasi birgalikda oʻzlarining innovatsion gʻoyalari hamda puxta rejalashtirilgan loyihalari yordamida “Global almashinuv orqali hududlarni rivojlantirish (Local Change Through Global Exchange)” vazifasini amalga oshirishadi.
Dastur boshlanganidan soʻng bir oy mobaynida ishtirokchilarga oʻzlarining jamiyatidagi muammolarni chuqurroq talqin qilish va tushunib olishlari uchun vaqt beriladi. Soʻngra, yosh liderlar bir hafta davom etadigan intensiv treninglarda qatnashishadi.
Ishtirokchilar trening uchun AQSh davlatiga tashrif buyurishadi va Nyu-York, Burlington hamda Vermunt shaharlarida boʻlishadi.
AQShga kelish va ketish, turar-joy, oziq-ovqat va shu kabi xarajatlar dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi.
Treninglar yakunlanganidan soʻng, ishtirokchilar oʻz davlatlariga qaytib ketishadi va dasturing qolgan qismini oʻz davlatlaridan turib onlayn davom ettirishadi. Dasturning qolgan qismi 1 yil (2026-yil iyul oyidan 2027-yil iyul oyigacha) davom etadi. Ishtirokchilardan mentorlari bilan internet hamda e-mail orqali uzluksiz aloqada boʻlish talab qilinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.