O'qituvchilar Assotsatsiyasidan ustoz va murabbiylar uchun  8 ta yo‘nalish bo'yicha o‘tkaziladigan "Ustoz-2021" tanlovi

O'qituvchilar Assotsatsiyasidan ustoz va murabbiylar uchun 8 ta yo‘nalish bo'yicha o‘tkaziladigan "Ustoz-2021" tanlovi

  • 15/09/2021 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 10.10.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar uchun  8 ta yo‘nalish bo'yicha o‘tkaziladigan "Ustoz-2021" tanloviga qabul boshlandi.

1. Tashabbuskor ustoz nominatsiyasi - ta’lim sohasida innovatsion va samarali ishlayotgan o‘qituvchilar, ya’ni o‘quv jarayonida foydalanish uchun mobil yechim yaratgan va/yoki ijtimoiy tarmoqlardan birida ta’lim kanaliga va kamida 500 ta obunachiga ega bo‘lgan va/yoki yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga ega uslubiy birlashma rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni ragʻbatlantirish uchun.

Ushbu nominatsiyada ishtirok etish uchun talablar:

  • faqat xalq taʼlimi tizimiga kiruvchi umumtaʼlim maktab oʻqituvchilari (yaʼni xususiy nodavlat maktablar, Prezident taʼlim muassasalari tizimidagi maktablar, maxsus maktab-internat oʻqituvchilari ariza bera olmaydilar);
  • kamida 3 yillik oʻqituvchilik tajribasiga ega oʻqituvchilar.
  • yosh cheklovi yoʻq;

2. Mehridaryo ustoz nominatsiyasi — nogironligi boʻlgan bolalarga uzoq yillar mobaynida taʼlim berish bilan birga mehr koʻrsatib, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish uchun.

Ushbu nominatsiyada ishtirok etish uchun talablar:

  • faqat imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari;
  • kamida 2 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega o‘qituvchilar;
  • yosh cheklovi yo‘q;

3. Ta'lim sohasida ko'rsatgan xizmatlari uchun nominatsiyasi - uzoq yillik (kamida 20 yillik) oʻqituvchilik tajribasiga ega, oʻz kasbiga sadoqatini mehnati ila namoyon eta olgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish uchun.

Ushbu nominatsiyada ishtirok etish uchun talablar:

  • faqat xalq ta’limi tizimiga kiruvchi umumta’lim maktab o‘qituvchilari (ya’ni xususiy nodavlat maktablar, Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi maktablar, maxsus maktab-internat, olis hududlardagi maktablar o‘qituvchilari ariza bera olmaydilar);
  • kamida 20 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega o‘qituvchilar;
  • yosh cheklovi yo‘q;

Barcha nominatsiyalar bo‘yicha O'qituvchilar Assotsiatsiyasi telegram kanalida batafsil ma'lumot berib boriladi.

Maqbullik shartlari

  • Yoshidan qat'iy nazar o'qituvchilar qatnashishlari mumkin;
  • Tanlovda 8 ta yo'nalish mavjud bo'lib, ulardagi talablar bir-biridan farq qiladi. To'liq ma'lumot saytimizda berilgan.

Foydali tomonlari

  • Nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etib g‘olib bo‘lgan ustozlar munosib rag'batlantiriladi.

Hujjat topshirish

1. Ustozmukofoti.uz veb-saytiga kiring

2. Tanlov haqidagi ma'lumot bilan tanishib chiqing

3. Veb-saytdagi “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing va shaxsiy ma'lumotlaringizni kiriting

Ro‘yxatdan o‘tish haqida batafsil ushbu videoda tanishib chiqing

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Oʻzbekiston
O'qituvchilar Assotsatsiyasidan ustoz va murabbiylar uchun 8 ta yo‘nalish bo'yicha o‘tkaziladigan "Ustoz-2021" tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar