Gʻoliblarni saralash uch bosqichda amalga oshiriladi:
- Tanlab olish (50 nafar eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar tanlab olinadi, bu bosqichga oʻta olmaganlar xabarnoma olishmaydi);
- Saralash (10 nafar ishtirokchi mezonlarga asosan saralab olinadi va final bosqichiga yoʻl oladi);
- Qoʻmita nazoratidan oʻtish (Xalqaro oʻqituvchilar tanlovi akademiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan gʻolib aniqlanadi);
Bu bosqichlar haqida toʻliq maʼlumot bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:
https://www.globalteacherprize.org/media/6651/pwc-methodology-2019_20.pdf
Gʻoliblar malakali oʻqituvchilar, taʼlim boʻyicha mutaxassislar, sharhlovchilar, jurnalistlar, siyosiy amaldorlar, texnologik tadbirkorlar, kompaniya direktorlari va olimlardan tashkil topgan Xalqaro Oʻqituvchilar Tanlovi Akademiyasi tomonidan tanlanadi. Hakamlar hayʼati bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
https://www.globalteacherprize.org/global-teacher-prize/the-judging-academy/ .
Akademiya aʼzolari ushbu kasbga ulkan hissa qoʻshgan, malakali oʻqituvchini aniqlash uchun mukofot daʼvogarlarini quyidagi qatʼiy mezonlarga muvofiq baholashadi:
1. Taʼlim sifatiga global miqyosda taʼsir qila oladigan hamda taʼlim koʻlamini oshira oladigan samarali oʻquv qoʻllanmalaridan foydalanish;
2. Maktab, jamiyat yoki mamlakatning oʻziga xos muammolarini hal qila oladigan va bunday muammolarni yangicha usulda hal qilishda samarali ekanligini koʻrsata oladigan yetarlicha dalillarni koʻrsatadigan innovatsion oʻquv qoʻllanmalaridan foydalanish;
3. Sinfda talabalarning oʻqitish natijalarini namoyish etish;
4. Sinfdan tashqari jamoadagi taʼsir;
5. Bolalarga turli millatlar, madaniyatlar va dinlarga mansub odamlarning yashashi, ishlashi va ijtimoiy hayoti uchun mos keladigan qadriyatlarga asoslangan taʼlim berish orqali global fuqaro boʻlishiga yordam berish;
6. Taʼlim darajasini koʻtarishga yordam berish, ilgʻor tajriba bilan oʻrtoqlashish va hamkasblariga maktabda duch kelish mumkin boʻlgan har qanday qiyinchiliklarni yengishga yordam berish orqali oʻqituvchi kasbini takomillashtirish;
7. Hukumat, milliy taʼlim tashkilotlari, oʻqituvchilar, hamkasblar, keng jamoatchilik aʼzolari yoki oʻquvchilar hamda oʻqituvchilar tomonidan tan olinishi.
- Gʻolib 2021-yil noyabrda oʻtkaziladigan taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+44 (0) 20 7593 4040
info@globalteacherprize.org
https://www.globalteacherprize.org/contact-us/