O'qituvchilar va o'rta ta'lim sohasida ishlovchi xodimlar uchun AQShda 5 haftalik almashinuv dasturi - SUSI for Secondary School Educators Program. Barcha xarajatlar to'liq moliyalashtiriladi
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Oliy ma'lumotli (magistr), Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The Study of the U.S. Institutes (SUSI) for Secondary Educators dasturi AQSh elchixonasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, mahalliy aholiga xizmat koʻrsatadigan maktab, kollej yoki akademik litsey oʻqituvchilari yoki tajribali maʼmurlar, jumladan, oʻquv dasturlarini ishlab chiquvchilar, darsliklar yozuvchilar, taʼlim vazirligi xodimlari uchun moʻljallangan.

Dastur ishtirokchilarga 5 hafta davomida AQShda yashash bilan birga, AQSh jamiyati, madaniyati, qadriyatlari va institutlari haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Ushbu dastur uchun 3 ta tashkilot tuzilgan boʻlib, ikkitasi oʻrta maktab oʻqituvchilari uchun moʻljallangan. Uchinchisi tajribali maʼmurlar, jumladan, oʻqituvchilar, oʻquv dasturlarini ishlab chiquvchilar, darsliklar yozuvchilar, Taʼlim vazirligi xodimlari va boshqalar uchun tashkil etilgan.

Dastur davomida ishtirokchilar AQSh institutlari va qadriyatlarining tarixi va evolyutsiyasini keng koʻlamda oʻrganadilar. Shu bilan birga, ushbu dastur Amerika jamiyatidagi zamonaviy siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munozaralarni yoritishga xizmat qiladi. Toʻrt haftalik mashgʻulotlar AQSh universitetlari va kollejlari kampuslarida boʻlib oʻtadi va qator maʼruzalar, seminar muhokamalari, joylarga tashriflar, sohadagi amaliyotchilar bilan uchrashuvlar va madaniy tadbirlardan iborat boʻladi. Bir haftalik oʻquv safari davomida esa Qoʻshma Shtatlarning madaniy, geografik va etnik xilma-xilligi bilan tanishishga imkon yaratadi.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi va hozirda shu yerda istiqomat qilishi zarur;
  • Dasturda, asosan, mahalliy aholiga xizmat koʻrsatadigan maktab, kollej yoki akademik litsey oʻqituvchilari yoki tajribali maʼmurlar, jumladan, oʻquv dasturlarini ishlab chiquvchilar, darsliklar yozuvchilar, taʼlim vazirligi xodimlari va boshqalar ishtirok etishi mumkin;
  • Kamida 7 yillik ish tajribaga ega boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini mukammal darajada bilishi va buni suhbatda koʻrsatib bera olishi kerak;
  • Oʻz oʻquv dasturini Amerika tadqiqotlari bilan boyitishi yoki tegishli sohalardagi taʼlim muassasa xodimlari uchun maxsus seminarlar oʻtkazib berishni reja qilishi kerak;

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • AQShga borish va qaytish uchun aviachipta beriladi;
  • Bepul turar-joy va tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi;
  • Oʻquv dasturi davomida oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun stipendiyaga ega boʻladi;
  • J-1 vizasini olishda yordam beriladi;
  • Safar oldidan tayyorgarlik (oriyentatsiya) oʻtkaziladi;
  • Dastur onlayn tarzda oʻtkazilgan taqdirda ishtirokchilar texnik jihozlar uchun alohida stipendiya bilan taʼminlanadilar.

Eslatma! Dasturda nomzodga oila aʼzolari yoki doʻstlari hamrohlik qila olmaydi.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar email orqali TashkentFulbright@state.gov manzilga 2021-yil 21-dekabr 18:00 ga qadar joʻnatilishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

Muhim! Toʻliq boʻlmagan ariza shakllari koʻrib chiqilmaydi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun TashkentFulbright@state.gov elektron manziliga “SUSI for Secondary School Educators” mavzusi ostida xabar yuborish mumkin.

Muhim! AQShda oʻqishdan koʻra oʻqitish usullari va pedagogikaga koʻproq qiziqadigan oʻqituvchilar “Teaching Excellence in Achievement” (TEA) dasturiga ariza topshirishlari kerak.

AQSh
O'qituvchilar va o'rta ta'lim sohasida ishlovchi xodimlar uchun AQShda 5 haftalik almashinuv dasturi - SUSI for Secondary School Educators Program. Barcha xarajatlar to'liq moliyalashtiriladi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar