Oʻquvchilar oʻrtasida “Unumdorlik maktabdan boshlanadi” mavzusidagi respublika videotanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
17 Mar, 2026 · Muddat tugagan

Oʻquvchilar oʻrtasida “Unumdorlik maktabdan boshlanadi” mavzusidagi respublika videotanlovi

Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 6–11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Unumdorlik maktabdan boshlanadi” mavzusidagi videotanlov taqdim etiladi.

Mazkur tanlov oʻquvchilar orasida unumdorlik, tejamkorlik, samaradorlik va resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan boʻlib, tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Gʻolib deb topilgan ishtirokchilar Yaponiya, Germaniya va Turkiya kabi mamlakatlarga unumdorlik va tejamkorlik borasidagi ilgʻor tajriba bilan tanishish uchun sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda barcha umumtaʼlim maktablarining 6–11-sinf oʻquvchilari qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar mavzuga doir oʻz kreativ gʻoyalari boʻyicha video tayyorlashlari kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Gʻoliblar ota-onalari, oʻqituvchisi hamda maktab direktori bilan birgalikda Yaponiya, Germaniya va Turkiya kabi mamlakatlarga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Qimmatbaho sovrinlar taqdim etiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar tayyorlagan videomateriallarni ushbu rasmiy botga yuborishlari mumkin.

Videomateriallar davomiyligi 1–3 daqiqa (HD formatda) boʻlishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 18-mart 2026-yil;
  • Tanlov natijalari tashkilotchilarning rasmiy axborot resurslarida eʼlon qilinadi.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oʻquvchilar oʻrtasida “Unumdorlik maktabdan boshlanadi” mavzusidagi respublika videotanlovi
17 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.