Oʻquvchilar uchun Toshkent shahrida xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab
O‘zbekiston O‘zbekiston
11 Iyn, 2026 · Muddat tugagan

Oʻquvchilar uchun Toshkent shahrida xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Toshkent shahridagi “MMFI” MTYaU filialida 10-11-sinf oʻquvchilari uchun xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab taqdim etiladi. Har bir mavsum uchun 50 nafar ishtirokchi saralab olinishi rejalashtirilgan.

Dastur asosan fizika va matematikaga qiziquvchilar uchun moʻljallangan boʻlib yozgi maktab davomida ishtirokchilar murakkab masalalarni tez va oson yechishni oʻrganishadi, vaqtlari foydali va mazmunli oʻtkazishadi hamda yangi doʻstlar orttirib, unutilmas xotiralar yaratish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Yozgi maktab quyidagi sanalarda oʻtkaziladi:

  • 1-mavsum uchun: 2026-yil 18-iyundan 25-iyungacha;

  • 2-mavsum uchun: 2026-yil 29-iyundan 5-iyulgacha.

Maʼlumot uchun: Yozgi maktab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi koʻmagi bilan tashkillashtiriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha maktab, litsey va texnikum 10-sinf va bitiruvchilari qatnashishi mumkin;

  • Nomzodlarning fizika va matematika fanlariga qiziqishi yuqori boʻlishi kerak;

  • Kelajakda muhandislik va texnologiya yoʻnalishlarini tanlashni xohlaganlar ishtirok etishi soʻraladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturda bepul qatnashish mumkin va barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi:

  • Borish-kelish yoʻl xarajatlari qoplanadi;

  • Ovqatlanish va turar joy bilan taʼminlanadi;

  • Madaniy dasturlar tashkil etiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;

  • Aloqa maʼlumotlari;

  • Oʻqish joyi;

  • Sertifikat va diplomlar;

  • Muhandislik va IT tanlovlarida erishga yutuqlari;

  • Madaniy va Maʼrifiy tanlovlarda erishgan yutuqlari;

  • Taʼlim muassasasidan baholar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

  • Ustoz yoki rahbar tomonidan yozilgan tavsiyanoma;

  • Nega yozgi maktabni tanlagani haqida (maksimal 300 belgi);

  • Futbolka va kepka oʻlchami.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 11-iyun, 2026-yil;

  • Yozgi maktab uchun roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video qoʻllanma bu yerda;

  • Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Xuroson koʻchasi, 1-uy.

Bogʻlanish uchun telefon raqamlar:

  • +998 93 311 88 50;

  • +998 87 787 96 01;

  • +998 87 888 95 23;

  • +998 90 329 18 22.

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Format

    Offlayn

  • Davomiylik

    Qisqa (1-3 hafta)

  • Ariza to'lovi

    Yo'q

O‘zbekiston Oʻquvchilar uchun Toshkent shahrida xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab
11 Iyn, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.