O‘rta maktab va universitet talabalari uchun  “Markaziy Osiyo  va Afg‘onistonda suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi  uch kunlik konferensiya
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
03 Apr, 2022 · Muddat tugagan

O‘rta maktab va universitet talabalari uchun “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi uch kunlik konferensiya

Konferensiya Bepul ishtirok

Tavsif

  C5+1 Yoshlar Kengashi tomonidan  o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi muammolari” mavzusidagi konferensiya uchun arizalar qabul qilish boshlangani e’lon qilinadi. Ushbu  konferensiya maqsadi o‘rta maktab va universitet talabalarining suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi muammolari haqidagi  bilimlarini oshirishdir.

  Uch kun davom etadigan ushbu konferensiya mobaynida ishtirokchilar taqdimotlar, seminarlar, bahs-munozaralarda ishtirok etadilar. Ishtirokchilar o‘z jamoalarida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muloqotlar, muzokaralar, nizolar va suv muammolarini hal qilishda innovatsion yondashuvlarni ilgari surish bo‘yicha loyiha takliflari g‘oyalarini muhokama qiladilar. Eng yaxshi g‘oyalar C5+1 YC dan moliyalashtiriladi.

  Dastur bilan batafsil ushbu havola orqali  tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Nomzodlar ingliz tilida so‘zlashadigan o‘rta maktab yoki universitet talabasi bo‘lishlari;
  • Suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga qiziqishi;
  • Nomzodlar Namangan va Toshkent shaharlaridan bo‘lishi kerak.

Dasturning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga  ega bo‘lishadi:

  • Qirg‘izistonga borib-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Qatnashuvchilar konferensiya mobaynida taqdimotlar hamda seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Dasturning imtiyozlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Konferensiyada qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza topshiriladi.

Ariza to‘ldirishda quyidagilar so'raladi:

  • Nomzod haqida ma'lumot;
  • Motivatsion xat(200 so‘zdan oshmasligi kerak);
  • Nomzodning yutuq va tajribalari haqidagi qisqacha bayon(200 so'zdan oshmasligi kerak).

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumot:

  • Qo‘shimcha savollar uchun telegram guruh orqali bog‘lanish mumkin;
  • Konferensiya 8-10 aprel kunlari Qirgʻizistonning O‘sh davlat Universitetida o‘tkaziladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

Qirgʻiziston O‘rta maktab va universitet talabalari uchun “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi uch kunlik konferensiya
03 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.