O'rta maktab/ta'lim o'quvchilari va talabalar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 pul mukofoti yutib olish imkoniyati
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
29 Iyn, 2023 · Muddat tugagan

O'rta maktab/ta'lim o'quvchilari va talabalar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 pul mukofoti yutib olish imkoniyati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

IvyPanda xalqaro insholar tanlovi yuqori salohiyatli insho yozish qobiliyatiga ega yoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, tanlovda butun dunyodan litsey/kollej, universitet talabalari qatnashishlari mumkin. 

Tanlovning bu yilgi mavzulari quyidagilar:

  1. Navbatdagi global pandemiyaning oldini olish yo'llari.
  2. Izolyatsiyaning jismoniy va ruhiy salomatlikka ta'siri.
  3. Elektron ta'lim: ta'lim tizimining kelajagi

Ishtirokchilar shu uch mavzudan biri bo'yicha 500-700 so'zli insho yozishlari va kerakli manzilga jo'natishlari kerak.

Umumiy mukofot jamgʻarmasi 1500 dollarni tashkil etadi va qatnashuvchilar orasidan ikkita gʻolib aniqlanadi. Birinchi oʻringa 1000 dollor, ikkinchi oʻringa 500 dollar mukofot puli topshiriladi. Tanlov natijalari 1-avgust, 2022-yili eʼlon qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda dunyoning istalgan davlatidan litsey/kollej va universitet talabalari qatnashishlari mumkin;
  • Oʻqiyotganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi;
  • IvyPanda tanlovining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga: InstagramTwitter sahifalaridan biriga obuna boʻlish, like bosish va ijtimoiy tarmoqlaridagi postlarini boshqalar bilan ulashish kerak.

Insho uchun qo'yilgan talablar:

  • 500-700 soʻzdan iborat boʻlishi;
  • Amerika yoki Britaniya ingliz tilisida yozilgan boʻlishi;
  • Plagiatdan 100 % holi boʻlishi;
  • .doc yoki .docx formatida boʻlishi;
  • Insho yozayotganda MLA uslubidan foydalanish;
  • Foydalangan manbalar asosida 3 yoki undan ortiq havolalarni keltirib oʻtish;
  • Fayl nomi quyidagicha yozilishi kerak: [IvyPanda Writing Contest_Familiyangiz].

Imtiyozlar va qulayliklar

  1. Birinchi oʻrinni qo'lga kiritgan insho $1000,
  2. Ikkinchi oʻrinni olgan $500 mukofot bilan taqdirlanadi;
  3. Eng yaxshi insholar IvyPanda saytida eʼlon qilinadi.

Dasturning manfaatli tomonlari bilan rasmiy manbada tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Insholarni scholarship@ivypanda.com email manziliga “IvyPanda Writing Contest Submission” nomi bilan quyidagi hujjatlarni tartibda yuborish lozim:

  • Insho;
  • IvyPanda ijtimoiy sahifalariga obuna boʻlganlikni tasdiqlovchi skrinshot;
  • Tanlov tavsifi koʻrsatilgan postlarning boshqalar bilan boʻlishilgan skrinshotlari;
  • “IvyPanda tanlovi toʻgʻrisida qayerdan bildingiz?” degan savolga javob.

Eslatma: Har bir ishtirokchi faqat bitta insho yuborishi va bitta sovrin yutishi mumkin.

Inshoni baholash mezoni:

  • Foydalanilgan manbalarga berilgan havola - 10 ball;
  • Grammatika, tinish belgilari va imlo - 20 ball;
  • Inshoning tartiblanishiga ko'ra (Organization) - 20 ball;
  • Insho mazmuni va g'oyasi - 20 ball;
  • Insho uslubi - 30 ball.

Insho talablari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Taqdim etilgan barcha ishlar yuqori malakali yozuvchilar va tahrirchilar jamoasi tomonidan aniqlanadi. 

  • Insholarni qabul qilish muddati: 2023-yil 1-martdan 30-iyungacha;
  • Qabul qilingan insholarni tekshirish muddati: 2023-yil 1-iyuldan 31-iyulgacha;
  • Gʻoliblarni eʼlon qilish: 2023-yil 1-avgust;
  • Gʻoliblar https://ivypanda.com/blog/ saytida eʼlon qilinadi;
  • Qoʻshimcha savollar uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: scholarship@ivypanda.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh O'rta maktab/ta'lim o'quvchilari va talabalar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 pul mukofoti yutib olish imkoniyati
29 Iyn, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.