Tavsif
2024-yil 25-27-iyul kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan OSCE Bishkek akademiyasida Eurasia in a Geopolitical Globalised World mavzusidagi seminar boʻlib oʻtadi. Dasturdan maqsad globallashuv va geosiyosat oʻrtasidagi ziddiyat sharoitida xalqaro tartibni tushunishga yordam berishdir va seminar iqlim oʻzgarishi, energiya xavfsizligi, oziq-ovqat, suv va chegaralar nazorati kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Dasturda ijtimoiy fanlar yoki shunga teng yoʻnalishda bakalavr yoki magistratura bosqichini tugatgan nomzodlar, shuningdek, tadqiqotchilar va mutaxassislar qatnashishlari mumkin. Seminar ingliz tilida boʻlib oʻtiladi, shuning uchun qatnashchilar ingliz tilini bilishlari lozim. Ishtirokchilarning turar-joy, oziq-ovqat va yoʻl xarajatlari dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 5-iyungacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.