Tavsif
Qirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan OSCE Academy tashkiloti “China affairs in Central Asia” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqchi boʻlganlar uchun 6 oylik tadqiqot dasturini taklif etadi.
Dastur 2022-yil 1-apreldan boshlanadi va 6 oy davomida Qirgʻizistonning poytaxti Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi. Dasturda xitoy va ingliz tilini mukammal biluvchi, Xitoy tadqiqotlari (xitoyshunoslik), Sharqiy Osiyo tadqiqotlari, Sharqiy Osiyoga yoʻnaltirilgan xalqaro aloqalar va boshqa tegishli sohalarda magistratura bosqichini yakunlaganlar ishtirok etishi mumkin. dasturga eng salohiyatli 1 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Dastur davomida tadqiqotchi China affairs in Central Asia mavzusi boʻyicha 6000-8000 soʻzdan iborat ilmiy ish yozishi kerak. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchiga jami 9300$ miqdorda grant taqdim etiladi.