Tavsif
“Climate Change & Conflict” — “Iqlim oʻzgarishi va mojarolar” treningi ishtirokchilarga iqlim oʻzgarishining Markaziy Osiyo mintaqasiga taʼsiri haqida kengroq maʼlumot olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari nomzodlar iqlim oʻzgarishining (ijtimoiy) ziddiyatlarga taʼsiri boʻyicha alohida bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi.
Trening Markaziy Osiyo hududida iqlim oʻzgarishi tufayli zararlangan hududlardagi vaziyatni yumshatish va moslashtirish uchun reja hamda qarorlar qabul qilish jarayonlariga qaratilgan simulyatsiya oʻyinini oʻz ichiga oladi.
Dasturda Markaziy Osiyo fuqarolari hamda Afgʻoniston va Mogʻulistondan ham ishtirokchilar qatnasha oladi.
Dastur mazkur yilning 4-7-oktyabr kunlari Toshkentda oflayn formatda boʻlib oʻtadi.
Trening tashkilotchilari va ekspertlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur xarajatlari toʻliq qoplanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.