OSCE tomonidan barcha xarajatlari qoplanuvchi “Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeli” dasturi
Qozog‘iston Qozog‘iston
23 Sen, 2022 · Muddat tugagan

OSCE tomonidan barcha xarajatlari qoplanuvchi “Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeli” dasturi

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Dushanbe shahridagi OSCE tashkiloti Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston davlati yoshlar uchun “Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeli” dasturini taklif etadi.

Dastur 2022-yil 20-24-oktyabr kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad faol yoshlar uchun oʻz fikr-mulohazalari, gʻoyalari va yutuqlari bilan oʻrtoqlashish, oʻzaro oʻrganish va oʻz hamjamiyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat.

Dastur doirasida yoshlar YXHT (OSCE) Modelida ham ishtirok etadilar va YXHTning xavfsizlik yondashuvi, mintaqadagi mavjud muammolar va ularni hal qilishda YXHT ahamiyati bilan yaqindan tanishadilar. Qolaversa, oʻzaro muzokaralar olib borish va konstruktiv muloqot qilish koʻnikmalarini rivojlantiradilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 18-25 yoshdagi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Ijtimoiy jihatdan faol va Markaziy Osiyo yoshlar mintaqaviy hamkorligiga katta qiziqish bildirishi lozim;
  • Ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi;
  • Turli sohalarda yoshlarning oʻrni va ahamiyatini targʻib qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini boshqalar bilan oʻzaro almasha olishi lozim.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchilarning turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
  • Xalqaro sayohat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi, ammo qatnashchilar oʻz davlati ichidagi transport xarajatlarini oʻzlari qoplashi lozim.

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar ariza shaklini toʻldirib kerakli hujjatlar bilan birga POID-Election@osce.org manziliga yuborishlari lozim.

Kerakli hujjatlar: 

  • CV;
  • Xorijiy (qizil) pasport nusxasi.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur ingliz va rus tillarida olib boriladi. Faqat saralangan nomzodlargina 2022-yil 9-oktyabrgacha aloqaga chiqiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qozog‘iston OSCE tomonidan barcha xarajatlari qoplanuvchi “Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeli” dasturi
23 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.