Osiyo Taraqqiyot Bankidan osiyolik talabalar uchun Yaponiya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarda oʻqishni toʻliq moliyalashtiruvchi grant dasturi
Yaponiya Yaponiya
31 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Osiyo Taraqqiyot Bankidan osiyolik talabalar uchun Yaponiya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarda oʻqishni toʻliq moliyalashtiruvchi grant dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Osiyo Taraqqiyot Banki har yili xalqaro talabalar uchun toʻliq moliyalashtirilgan 140 ta stipendiya joriy etadi. Osiyo Taraqqiyot Banki stipendiyasi dasturida 9 mamlakatdagi 29 ta universitetining xohlagan birida oʻqish imkoniyatiga ega boʻlasiz. OTB Yaponiya stipendiyasi nufuzli stipendiya dasturi hisoblanadi. Ushbu dasturda roʻyxatdan oʻtish uchun hech qanday toʻlov talab qilinmaydi. 

Osiyo Taraqqiyot Banki - Yaponiya stipendiyasi dasturi doirasida yiliga 300 ta talaba qabul qiladi. Dastur davomiyligi 2 yil.

Dastur haqida va hamkor universitetlar haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Osiyo Taraqqiyot Banki aʼzoligidagi mamlakat fuqarosi boʻlish (Oʻzbekiston ham kiradi);
  • 29 ta muassasaning xohlagan biridagi tasdiqlangan kurs uchun ruxsatnoma;
  • Bakalavr diplomi yoki unga teng keluvchi akademik sertifikat;
  • Kamida ikki yillik ish tajribasi (universitetni tamomlagandan boshlab hisoblanadi);
  • 35 yoshdan katta boʻlmaslik;
  • (mansabdor shaxslar hamda rahbarlarga mos dasturlarda yosh chegarasi 45 yosh);
  • Ruhan/jismonan sogʻlom boʻlish;
  • Dastur yakunlanganidan soʻng mamlakatiga qaytishga rozi boʻlish;
  • Ijrochi direktorlar, oʻrinbosarlar, Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati va xodimlari, maslahatchilar hamda yuqorida qayd etilgan shaxslarning yaqinlari stipendiya olish huquqiga ega emas;
  • Osiyo taraqqiyot banki - Yaponiya hamkor tashkilotlari xodimlari stipendiya olish huquqiga ega emas;
  • Xorijiy davlatda istiqomat qiluvchi yoki ishlovchilar stipendiya olish huquqiga ega emas;
  • Magistratura bosqichida avval tahsil olgan talabalar qabul qilinmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Osiyo Taraqqiyot Banki - Yaponiya stipendiyasi dasturi doirasida quyidagilar taʼminlanadi:

  • Toʻliq oʻquv xarajatlari;
  • Yashash joyi bilan birgalikda oylik xarajatlar uchun oylik toʻlov;
  • Oʻquv qoʻllanmalari hamda kerakli kitoblar;
  • Tibbiy sugʻurta;
  • Sayohat xarajatlari (viza toʻlovlari, aeroport soliqlari, yuklar uchun toʻlov)
  • Tadqiqot bilan shugʻullanuvchi talabalarga tezis\maqola tayyorlash uchun maxsus grant ajratilishi mumkin. Baʼzi holatlarda kompyuter savodxonligi, til koʻnikmalari hamda qator shu kabi kurslar stipendiya dasturi tarkibiga kirishi mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Maʼlumot va qanday ariza topshirish haqida koʻrsatmalar uchun tanlangan hamkor universitetlarga murojaat qilinadi;
  • Osiyo Taraqqiyot Banki - Yaponiya stipendiya dasturi maʼlumotnomasi hamda ariza uchun talab etilgan hujjatlarni toʻldirish;
  • Hujjatlar muassasa maʼmuriyatiga joʻnatiladi;
  • Muassasa murojaatchilarning qisqacha maʼlumotlarini Osiyo taraqqiyot bankiga yuboradi;
  • Osiyo Taraqqiyot Banki muassasalardan taqdim etgan maʼlumotnomalarni koʻrib chiqadi;
  • Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan talabalar tanlanadi va tegishli muassasaga xabar beriladi;
  • Muassasalar barcha talabalarga xabar beradi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dastur 2 yil davom etadi;
  • Dastur yakunidan soʻng talabalardan oʻz mamlakatiga qaytish talab qilinadi.
  • Dastur haqidagi yo'riqnoma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
  • Dastur haqidagi videoni ushbu havola orqali ko'rish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Huquqshunoslik va qonunchilik, Ijtimoiy fanlar

Yaponiya Osiyo Taraqqiyot Bankidan osiyolik talabalar uchun Yaponiya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarda oʻqishni toʻliq moliyalashtiruvchi grant dasturi
31 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.