Tavsif
Bosh ofisi Filippin davlatida joylashgan Asian Development Bank yosh mutaxassislar uchun TheYoung Professionals Program (YPP) dasturini tashkil qiladi. Dasturda 32 yoshdan oshmagan, bakalavr bosqichini dasturga tegishli sohada yuqori akademik koʻrsatkichlarga yakunlagan va ushbu sohada kamida 3 yillik tajribaga ega boʻlgan ingliz tilini biluvchi nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Saralab olingan nomzodlar bilan 3 yillik shartnoma tuziladi va ular Filippin shahridagi Asian Development Bankida ish faoliyatini boshlashadi. Dastur davomida ishtirokchilarga koʻplab imkoniyatlar yaratib beriladi, oʻqitish dasturlari tashkil qilinadi, tajriba oshirish va oʻz karyerasini rivojlantirish imkoniyati mavjud boʻladi.
Nomzodlar xalqaro xodimlar uchun boʻsh ish oʻrinlariga yoki amaliyot dasturiga ariza topshirishlari mumkin. Boʻsh ish oʻrinlari uchun qabul jarayoni tegishli ish oʻrniga qarab turli muddatlarda, 2024-yil sentyabr-noyabr oylarida boʻlib oʻtadi. Amaliyot dasturi uchun ariza topshirish muddati esa 2024-yil 4-oktyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.