Tavsif
Asian Development Bank (Osiyo Taraqqiyot Banki) gʻayratli, ochiq fikrli va eng nufuzli tashkilotda tajriba orttirish istagida boʻlgan barcha yoshlar uchun haq toʻlanadigan ADB Internship Program amaliyot dasturini taqdim etadi.
Ushbu dasturdan asosiy maqsad tashqi hamkorlar bilan bilim almashish hamda ishlab chiqarish platformasini yanada yaxshilashdan iborat. Bundan tashqari, dastur tashkilot uchun kelajakda manfaatli boʻladigan kuchli xodimlarni aniqlash imkonini beradi.
Dastur tanlangan yoʻnalishga qarab 8 haftadan 11 haftagacha davom etadi. Muntazam ish tartibi: 8:00 dan 17:00 gacha (bir soat tushlik uchun tanaffus beriladi). Boshqa har qanday afzallik rahbariyat bilan muhokama qilinadi. Dastur yiliga 2 marta taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun: Asian Development Bank (Osiyo Taraqqiyot Banki) dunyоdagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi. Tashkilot qashshoqlikka barham berish boʻyicha saʼy-harakatlarini davom ettirib kelmoqda. Ayni shu maqsadda oʻz aʼzolari va hamkorlariga ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish uchun kreditlar, texnik yordam, grantlar va investitsiyalar beradi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.