Tavsif
Osiyo Taraqqiyot Banki amaliyot dasturi — OTBning joriy operatsion ehtiyojlariga asoslangan tadqiqot topshiriqlari orqali tajriba orttirish uchun magistratura yoki PhD darajasi talabalari uchun loyihalarga yoʻnaltirilgan oʻquv imkoniyatidir. Ishtirokchilar oʻzlari tanlagan yo'nalishlariga qarab OTBning Filippindagi bosh ofisida yoki onlayn tarzda, berilgan topshiriqlarga (rasmiy saytda eʼlon qilinadi) asosan 8 haftadan 26 haftagacha boʻlgan muddatda amaliyot oʻtashlari mumkin.
OTB amaliyot dasturi topshiriqlarini yiliga ikki marta eʼlon qiladi va gʻayratli, ochiq fikrli va oʻz-oʻzini boshqara oladigan shaxslarni hujjat topshirishga taklif qiladi.