Tavsif
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari oʻrtasida “Islohotlar bilimdoni” respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov gʻoliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
- Eng faol milliy gʻoya va maʼnaviyat targʻibotchisi (oliy taʼlim muassasasi pedagog xodimlari uchun);
- Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha eng yaxshi kafedra (oliy taʼlim muassasasi pedagog xodimlari uchun);
- Eng yaxshi tyutori (oliy taʼlim muassasasi pedagog xodimlari uchun);
- Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi (oliy taʼlim muassasasi pedagog xodimlari uchun);
- Eng faol islohotlar targʻibotchisi (oliy taʼlim muassasasi talabalari uchun).
Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad pedagog xodimlar va talabalarni mamlakatda oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar toʻgʻrisida xabardor qilish, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, axborot erkinligini taʼminlashdek demokratik islohotlarni chuqur oʻrganish va vatan ravnaqini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan misli koʻrilmagan yutuqlarga nisbatan daxldorlik tuygʻusini, mafkuraviy immunitetni shakllantirishdir.
Ushbu keng tarmoqli ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovni oʻtkazish boʻyicha maxsus tashkiliy qoʻmita tuzilgan boʻlib, tanlovning adolatli oʻtishini taʼminlash maqsadida Hakamlar hayʼati ham tashkil etilgan. Tanlov natijalari OAVda eʼlon qilib boriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.