Tavsif
“M-Gov Award” Birlashgan Arab Amirliklari hukumati tomonidan Jahon hukumati sammiti doirasida taqdim etiluvchi yillik mukofot hisoblanadi. Ushbu mukofot mahalliy va global muammolarni hal qilish yoʻlida, insoniyatning porloq kelajagi uchun eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish yoʻlida izlanayotgan kashfiyotchi talabalar, tadqiqotchilar, davlat idoralari va muassasalari xodimlari, xususiy sektor kompaniyalari va startaplar uchun moʻljallangan.
“The Global Best M-Gov Award” dunyo boʻylab davlat yoki xususiy universitetlarda oʻqiyotgan talabalar va tadqiqotchilarga, shuningdek, “Bir million dasturchi”, shu jumladan, “Bir million oʻzbek dasturchilari” dasturi bitiruvchilariga taqdim etiladi.
Tanlov gʻoliblari 13-15-fevral kunlari Dubayda oʻtkaziladigan taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi.
Dastur haqida batafsil bu yerda oʻqish mumkin.