Tavsif
"ICPC" (International Collegiate Programming Contest) – bu algoritmik dasturlash boʻyicha xalqaro chempionat boʻlib, unda har yili sayyoramizning eng zoʻr aql sohiblari bellashadi.
Chempionat missiyasi – turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot qilish imkoniyatlarini yaratish va akademik doiralar hamda IT sohasidagilarning e’tiborini dasturlash bo‘yicha mutaxassislarning yangi avlodiga jalb qilishdan iborat.
"ICPC" chempionatining Respublika bosqichi “IT Park Cup” shiori ostida o‘tkaziladi. Tadbir o‘tkazishning eksklyuziv huquqini "IT Park University" olgan. Chempionat "IT Park" va "UIC Group" tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
27-noyabr kuni O‘zbekistonda "ICPC" dasturlash chempionatining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.