Oxford Saïd Global Climate Tech Challenge 2026 — maktab o'quvchilari va o’qituvchilar uchun xalqaro iqlim texnologiyalari musobaqasi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
17 Avg, 2026 · 25 kun qoldi

Oxford Saïd Global Climate Tech Challenge 2026 — maktab o'quvchilari va o’qituvchilar uchun xalqaro iqlim texnologiyalari musobaqasi

Xalqaro musobaqalar To'liq moliyalash

Tavsif

Oxford Saïd Global Climate Tech Challenge — Saïd Business School, University of Oxford tomonidan tashkil etiladigan, 15-18 yoshdagi maktab o'quvchilari va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan xalqaro iqlim texnologiyalari musobaqasi hisoblanadi. Musobaqa ishtirokchilarni texnologiya yordamida iqlim inqiroziga qarshi amaliy va innovatsion yechimlar ishlab chiqishga undaydi. Ariza topshirish 17-avgust 2026-yilgacha qabul qilinadi. O'tgan yili tanlovga 75 ta davlatdan 1 600 dan ortiq ariza kelib tushgan.

Ishtirokchilar quyidagi beshta yo'nalishdan biri bo'yicha texnologiyaga asoslangan yechim taklif etadilar:

  • Havo ifloslanishi: Shaharlarda real vaqtda monitoring va ifloslanishni kamaytirish tizimlari;

  • Ekstremal ob-havo hodisalari: Tabiiy ofatlarni bashorat qilish va ularga moslashish vositalari;

  • Oziq-ovqat xavfsizligi: Iqlim o'zgarishiga moslashuvchi barqaror qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat taqsimlash tizimlari;

  • Biologik xilma-xillik: Ekotizimlarni monitoring qilish va muhofaza qilish texnologiyalari;

  • Suv tanqisligi: Suvni tejash, aqlli sug'orish va arzon filtrlash tizimlari.

O'quvchi jamoalari 10 sahifalik taqdimot (PDF) va 3 daqiqagacha video tayyorlaydi; o'qituvchilar esa dars rejalar to'plami taqdim etadi. Finalist bo'lgan jamoalar o'z loyihalarini 2026-yil oktabrida Oxford universitetida jonli taqdim etadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • O'quvchilar uchun: 15-18 yosh oralig'idagi maktab o'quvchilari (jamoaviy ariza, 3-5 kishi);

  • O'qituvchilar uchun: dunyo bo'ylab har qanday maktab o'qituvchisi (yakka tartibda);

  • Musobaqa barcha davlatlar fuqarolari, jumladan O'zbekiston uchun ochiq;

  • O'quvchi arizasida har bir ishtirokchi uchun ota-ona yoki vasiy tomonidan imzolangan rozilik shakli majburiy;

  • Individual (yakka) o'quvchi arizalari qabul qilinmaydi — faqat 3-5 kishilik jamoa sifatida ishtirok etiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovda ishtirok etish va ariza topshirish mutlaqo bepul;

  • Final bosqichiga saralangan barcha oʻquvchilar jamoalari va oʻqituvchilar uchun Buyuk Britaniyaning Oxford shahriga safari xarajatlari (aviachipta va turar joy) toʻliq qoplanadi;

  • Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar jamoasiga 2027-yilda Oxford universitetida boʻlib oʻtadigan Youth Education yozgi maktabida oʻqish uchun toʻliq grant beriladi;

  • Gʻolib boʻlgan oʻqituvchiga Oxford Saïd Business School tomonidan tashkil etiladigan Executive Education dasturida bepul oʻqish imkoniyati taqdim etiladi;

  • Arizasi tasdiqlangan barcha oʻquvchilar va oʻqituvchilarga Saïd Business School, University of Oxford tomonidan rasmiy ishtirok sertifikati beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun hujjat topshirish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Tashkilotchilarning rasmiy roʻyxatdan oʻtish portali orqali tizimda profil yarating;

  2. Ishtirokchi turini tanlang (Oʻquvchilar jamoasi yoki Oʻqituvchi);

  3. Oʻquvchilar jamoasi boʻlsa: 10 sahifali taqdimot faylini (PDF formatda), 3 daqiqagacha boʻlgan video havolasini hamda imzolangan rozilik formasini yuklang;

  4. Oʻqituvchilar boʻlsa: maktab oʻquv dasturiga moʻljallangan dars rejalarini (PDF formatda) yuklang;

  5. Arizani 2026-yil 17-avgust kuni soat 23:59 (GMT) ga qadar onlayn shaklda yuboring.

Eslatma: Arizalarni qabul qilish 2025-yil 1-dekabrdan boshlanadi. Ishtirok etish uchun hech qanday ariza toʻlovi talab etilmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

Saralash bosqichlari va muhim sanalar:

  • Arizalar topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 17-avgust;

  • Finalchilar e'lon qilinishi: 2026-yil sentyabr;

  • Global final bosqichi: 2026-yil oktyabr oyi (Saïd Business School, University of Oxford, Buyuk Britaniya).

Tashkilotchilar bilan bogʻlanish:

Savollar boʻyicha tashkilotchilarga climatechallenge@sbs.ox.ac.uk elektron pochtasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash, Bepul ishtirok, Pul Mukofoti & Grant

  • Format

    Offlayn

  • Ariza to'lovi

    Yo'q

  • Soha

    Oziq-ovqat fanlari, Biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilish, Atrof-muhit fanlari, Barqaror rivojlanish

Buyuk Britaniya Oxford Saïd Global Climate Tech Challenge 2026 — maktab o'quvchilari va o’qituvchilar uchun xalqaro iqlim texnologiyalari musobaqasi
17 Avg, 2026
25 kun qoldi
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.