Oxus Society for Central Asia Affairs tomonidan oʻzbekistonlik, qirgʻizistonlik va qozogʻistonlik tadqiqotchilar uchun 12 oylik almashinuv dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
17 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Oxus Society for Central Asia Affairs tomonidan oʻzbekistonlik, qirgʻizistonlik va qozogʻistonlik tadqiqotchilar uchun 12 oylik almashinuv dasturi

PhD +1 Almashinuv dasturi Qisman moliyalash

Tavsif

Oksus jamiyati tomonidan “Markaziy Osiyoda akademiklar va faollar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va ilm-fanga asoslangan yechimlarni ilgari surish” loyihasi doirasida 12 oylik almashinuv dasturi eʼlon qilindi. 

Stipendiya dasturi doirasida akademiklar va faollar uchun tadqiqot qilib, himoya qilish boʻyicha maslahat va treninglar oʻtkaziladi. Ishtirokchilar taniqli xalqaro ekspertlar ishtirokida tadqiqotlarni loyihalash, siyosat haqida qisqacha maʼlumot yozish va targʻibot oʻtkazish boʻyicha seminarlarda qatnashadilar.

Almashinuv dasturida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqaroligiga ega yoki doimiy yashovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar qatnashishlari mumkin.

Dasturga nogironlar huquqlari yoki jinsga asoslangan zoʻravonlik sohalarida ish tajribasiga ega boʻlgan oʻzbekistonlik, urbanizatsiya yoki taʼlim sohalarida ish tajribasiga ega boʻlgan qirgʻizistonlik, media savodxonligi yoki mehnat huquqlari sohalarida ish tajribasiga ega boʻlgan qozogʻistonlik tadqiqotchi olimlar ariza yuborishlari mumkin.

Dasturga qabul qilishda nomzodlarning ish tajribasi alohida eʼtiborga olinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻistonda fuqaroligiga ega yoki doimiy yashovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak;
  • Dastur toʻliq rus tilida olib borilganligi sababli rus tilini mukammal bilish talab etiladi;
  • Fuqarolik jamiyati hayotida faol va akademiya bilan ishlash tajribasi: PhD bosqichida oʻqish, universitetda dars berish yoki tahlil markazlarida faoliyat olib borish kerak;
  • Oʻzbekiston vakili sifatida qatnashish uchun — nogironlar huquqlari va jinsga asoslangan zoʻravonlik sohalarida ish tajribasiga ega boʻlish soʻraladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchilar 12 oy davomida oʻzbekistonlik, qirgʻizistonlik va qozogʻistonlik akademik olimlar bilan turli xil yoʻnalishlarda tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    PhD, Postdoktorantura

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oxus Society for Central Asia Affairs tomonidan oʻzbekistonlik, qirgʻizistonlik va qozogʻistonlik tadqiqotchilar uchun 12 oylik almashinuv dasturi
17 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.