Oʻz biznesiga ega boʻlgan talabalar uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $100,000 boʻlgan Global Student Entrepreneurs Awards tanlovi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Oʻz biznesiga ega boʻlgan talabalar uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $100,000 boʻlgan Global Student Entrepreneurs Awards tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Global Student Entrepreneur Awards (GSEA) — dunyo boʻylab oʻz biznesiga ega boʻlgan talabalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy jihatdan yordam berish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tanlov. Nomzodlar butun dunyo boʻylab oʻz tengdoshlari bilan Global Final bosqichiga chiqish umidida raqobatlashadilar. Ushbu tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi $100,000 ni tashkil etadi.

Talov gʻoliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Qolaversa, gʻoliblarga muvaffaqiyatga erishgan biznesmenlar tomonidan maslahatlar beriladi. Ishtirokchilar Entrepreneursʼ Organization aʼzolari va butun dunyo boʻylab boshqa biznesiga ega boʻlgan talabalar bilan uchrashish va ular bilan keyinchalik ham aloqa qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod 18-30 yosh oraligʻida boʻlishi lozim;
  • Universitetda bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida taʼlim olayotgan boʻlishi kerak;
  • Talabalik paytdayoq oʻz biznesiga ega boʻlishi, shu biznes asoschisi yoki nazorat qiluvchi aksioneri boʻlishi lozim (Har bir kompaniyadan faqat bitta nomzod, yaʼni biznes asoschisi studentpreneur sifatida qatnasha oladi);
  • Talabaning biznesi dasturga ariza topshirishidan avval kamida 6 oydan beri davom etayotgan boʻlishi kerak;
  • Ariza topshirayotgan vaqtda ushbu biznes $500 miqdorda daromad olgan yoki $1000 miqdorda investitsiya olgan boʻlishi shart;
  • Avval ushbu musobaqaning final bosqichida ishtirok etmagan boʻlishi kerak.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 1-oʻrin uchun $50,000 miqdorida mukofot puli beriladi va sayohat va turar joy xarajatlari qoplab beriladi;
  • 2-oʻrin uchun $25,000, 3-oʻrin uchun esa $15,000 miqdorda mukofot puli beriladi;
  • Final ishtirokchilariga qoʻshimcha mukofotlar mavjud.

Bundan tashqari, gʻoliblarga muvaffaqiyatga erishgan biznesmenlar tomonidan maslahatlar beriladi. Entrepreneursʼ Organization aʼzolari va butun dunyo boʻylab boshqa biznesiga ega boʻlgan talabalar bilan uchrashish hamda ular bilan keyinchalik ham aloqa qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:

  • Tanlovning hududiy bosqichlari oʻtkazilish sanalari bilan tanishib chiqishi lozim;
  • Onlayn roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishlari kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Avvalgi yillarda gʻolib boʻlganlar haqida ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha savollar uchun ushbu havolaga kirib onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Oʻz biznesiga ega boʻlgan talabalar uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $100,000 boʻlgan Global Student Entrepreneurs Awards tanlovi
30 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.