Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlar uchun 3 oylik YADP startap akseleratsiya dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
12 May, 2022 · Muddat tugagan

Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlar uchun 3 oylik YADP startap akseleratsiya dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

YADP (Young Analysts Development Project) — Yosh tahlilchilarni rivojlantirish loyihasi jamiyat rivojiga oʻz gʻoyasi orqali hissasi qoʻshmoqchi boʻlgan yoshlar uchun tashkil etilgan 3 oylik akseleratsiya dasturidir. Dasturda 30 yoshdan katta boʻlmagan oʻz biznes gʻoyasiga ega boʻlgan yoki yangi biznes boshlashni niyat qilgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

2022-yil 14-may kuni ushbu dastur boʻyicha Hackaton boʻlib oʻtadi va akseleratsiya kurslari boshlanadi. Ushbu dastur 3 oy davomida ingliz tilida olib boriladi. Dastur davomida ishtirokchilar oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish boʻyicha barcha kerakli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish bilan birga, kurs soʻnggida startap tanlovida ishtirok etish turli yutuqlarni qoʻlga kiritishi ham mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Nomzod 30 yoshdan katta boʻlmasligi kerak;
  • Jamiyatdagi yoki butun dunyodagi maʼlum ijtimoiy muammoni hal qilishga qaratilgan gʻoyaga ega boʻlishi lozim;
  • Nomzodning startap loyihasi Data Scianceʼga aloqador boʻlishi va nomzodning oʻzi ham Data Science sohasiga qiziqishi va boshlangʻich bilimga ega boʻlishi kerak;
  • Dastur ingliz tilida boʻlgan bois ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur orqali ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Ushbu 3 oylik kursda bepul ishtirok etish;
  • Qanday qilib biznes boshlash;
  • Jamoada ishlash usullarini rivojlantirish va Data Science boʻyicha fundamental bilimlarga ega boʻlish;
  • Loyiha uchun mablagʻga qanday ega boʻlish;
  • Loyihani qanday qilib yaxshi taqdim etish;
  • Maxsus sertifikatga ega boʻlish;
  • Professional mentorlar va mutaxassislar bilan ishlash, ular tomonidan haftalik kurslar/seminarlarda ishtirok etish;
  • Dastur yakunida startap tanlovida qatnashish va sovrinlarga ega boʻlish.

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish nomzodlar uchun ushbu ariza shaklini toʻldirishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida batafsil ushbu rasmiy telegram kanal orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: +998 95 195 00 55
+998 97 907 12 33

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yoshlar uchun 3 oylik YADP startap akseleratsiya dasturi
12 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.