Tavsif
FinTech Association Uzbekistan tomonidan tashkillashtirilayotgan WeRISE Business Accelerator yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni yoʻnaltirish uchun moʻljallangan dastur hisoblanadi. Dasturda biznes rejasi ijtimoiy, madaniy va ekologik muammolarni yechishga qaratilgan barcha yosh tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur uch kun davomida, ingliz tilida boʻlib oʻtadi va unda saralangan kompaniyalar, Silikon vodiysidan maxsus maʼruzachilar, shuningdek, AQShdan sarmoyadorlar ishtirok etadilar. Tanlov soʻnggida 5 ta kompaniyaga umumiy qiymati 34,000 AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy mukofot ajratiladi.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 10-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.