Tavsif
Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan, oʻz gʻoyasi yoki startap loyihasiga ega jamoalar uchun 8 haftalik RS Incubation dasturi taqdim etiladi. Ushbu loyiha Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) yordami tufayli amalga oshirilmoqda.
Dastur 2024-yil 26-iyundan 20-avgustgacha onlayn tarzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Jami 40 ta eng yaxshi deb topilgan startaplar dasturga qabul qilinadi.
Dastur doirasida oʻrgatiladigan Lean Canvas metodologiyasi yordamida jamoalar oʻzining biznes modelining gipotezalarini tuzishi va ularni tizimli ravishda sinab koʻrishi mumkin. Ishtirokchilarga “Gʻoyadan startapgacha 16 qadam” kursi taqdim etilishi eng yaxshi imkoniyatlardan biri hisoblanadi. Kursda gʻoyani toʻliq koʻrib chiqish, uning imkoniyat darajalarini tahlil qilish va gʻoyani toʻliq daromadli biznesga aylantirish oʻrgatiladi. Ishtirokchilar platformaning oʻzida LeanCanvas vositasi yordamida biznes modelini yaratishlari mumkin boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.