Tavsif
Apple Events Group va MOST Media hamjamiyati Tech Garden va Kcell bilan hamkorlikda oʻz startap loyihasiga ega jamoalar va tadbirkorlar uchun Qozogʻistonda oʻtkaziladigan 3 kunlik Kazakhstan ESG Forum — 2024 xalqaro forumini taqdim etadi.
Forum 2024-yil 1-fevraldan 3-fevralgacha Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkaziladi. Unga 50 mingdan ortiq ishtirokchilar kelishi kutilmoqda.
Forum doirasida quyidagi tadbirlar tashkil qilinadi:
- Industry 4.0 Statup Battle — bu dastur doirasidagi startap loyihalari boʻyicha eng yirik tanlov hisoblanadi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 150 ming AQSh dollarni tashkil qiladi. Startaplar quyidagi yoʻnalishlarda raqobatlashadilar:
- Digital Oil Field;
- ESG;
- Smart Mining.
- Startup District & Industry X — bu Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbirda oʻz loyihasini potensial investorlar va xalqaro auditoriga koʻrsatishni istaganlar uchun tadbir boʻlib, unda ishtirokchilar oʻz loyihalarini stend koʻrinishida namoyish qiladilar.
Dastur quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Yetakchi ekspertlardan soha boʻyicha eng soʻnggi yangiliklarini oʻz ichiga olgan boy biznes dasturini taqdim etish;
- Innovatsiyalar, texnologiya, sanoat va turli sohalardagi yetakchi kompaniyalarni namoyish qiluvchi yirik koʻrgazma tashkil qilish;
- Robototexnika chempionatidan tortib Qozogʻistondagi eng yirik startap loyihalari bellashuvigacha boʻlgan turli madaniy va koʻngilochar dasturlar oʻtkazish.
Maʼlumot uchun: Digital Almaty xalqaro forumi barqaror rivojlanish strategiyalari, ekologik va ijtimoiy sohadagi innovatsion yechimlar, shuningdek, korporativ boshqaruvning soʻnggi tendensiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi ekspertlar, biznes va siyosat vakillarini birlashtiradigan anʼanaviy muloqot maydonidir. Dastur 2018-yildan beri oʻtkazilib kelinmoqda.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.