O'z startapiga ega yoki shunday tashabbusga qiziquvchi barcha uchun Financial Times va Seedstars FTxSDG Challenge xalqaro onlayn startap tanlovi
Italiya Italiya
01 Noy, 2021 · Muddat tugagan

O'z startapiga ega yoki shunday tashabbusga qiziquvchi barcha uchun Financial Times va Seedstars FTxSDG Challenge xalqaro onlayn startap tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

The Financial Times nashri Seedstars bilan hamkorlikda tashkil etayotgan FTxSDG Challenge dunyo bo'ylab o'z g‘oyasiga ega bo’lgan startapchilar hamda innovator qatnashchilarni tanlovda ishtirok etishga chaqiradi. IT Park bu tanlovning media hamkori hisoblanadi. 

Tanlov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga asoslangan mavzular doirasida o'tkaziladi:

  • gender tenglik;
  • iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash;
  • sifatli taʼlim;
  • munosib mehnat va iqtisodiy taʼlim;
  • tengsizlikni kamaytirish;
  • yaxshi sogʻliq va farovonlik.

Tanlovga startap egasi yoki hali startap tashkil etmagan yakka shaxs tarzida ishtirok etish mumkin. Yakka tartibda qatnashish istagida bo'lgan hamda hali o'z loyihasiga ega bo'lmaganlarga tanlagan mavzulari bo'yicha muammo taqdim etiladi va jamoalarga birlashtiriladi.  Ular bir oy davomida mavzu ustida bosh qotirib, o'z takliflarini yuboradilar. 

Tayyor startap va startapsiz qatnashib, g'olib bo'lganlar uchun farqli mukofotlar e'lon qilingan. Tanlov haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Startap asoschisi uchun talablar:

  • Startap yo'nalishi mavzulardan biriga mos kelishi;
  • Dastlabki natijalar olingan bo'lishi (MVP);
  • Bir million dollardan kam mablag' to'plangan bo'lsa;
  • Rivojlanib kelayatgan bozorga mo'lajallangan bo'lishi va b.

O'z loyihasi bo'lmagan a'zolarga qo'yilgan talablar:

  • Berilgan mavzulardan biriga qiziqishi bo'lish;
  • Muammolarni hal etishda tanqidiy nuqtayi nazarga ega bo'lish;
  • Harakatchan va g'ayratli bo'lish.

Talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tayyor startaplar uchun belgilangan mukofotlar:

  • Seedstars Investor fondi uchun qisqa trek (investitsiya hajmi 500,000 AQSh dollari);
  • 3 oylik Seedstars Growth dasturida bepul ishtirok etish (qiymati 80,000 dollar).

Startap loyihasiz ishtirok etgan qatashchilar va startaplar uchun mukofotlar:

  • tanlovdan keyin murabbiylik sessiyalari;
  • AWS, Hubspot, Miro, Twilio va boshqa 50 dan ortiq vositalarga  49,000 dollarlik chegirmalar va imtiyozlar bilan bepul kirish;
  • sertifikatlar va mukofotlar;
  • PR’ni qo'llab-quvvatlash;
  • Rasmiy saytda FT.com bir qismi sifatida ishkar e'lon qilinadi;
  • Eksklyuziv masterklass, mehmon paneliga kirish hamda yangi tanishlar orttirish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Startap egasi sifatida ishtirok etish uchun ariza havolasi bu yerda.

Yakka qatnashchi sifatida ishtirok etish uchun ariza havolasi bu yerda.

Qo'shimcha ma'lumot

Tadbir Investment Readiness Sessionslarida qatnashib, malaka oshirishni ko'zlaydi. Shu bilan bir vaqtda, yakka qatnashchilar jamoalarga birlashtiriladilar va hafta davomida treninglarda malakalarini oshiradilar. O'z tajribasini mentorlar ko'magida oshirgan qatnashchilar loyihalarini taqdim etadiar. Tanlov so'nggi kunida g'oliblar e'lon qilinadi.

Qo'shimcha savollar uchun:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Italiya O'z startapiga ega yoki shunday tashabbusga qiziquvchi barcha uchun Financial Times va Seedstars FTxSDG Challenge xalqaro onlayn startap tanlovi
01 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.