Nomzodlar o‘z davlatlarining tegishli davlat idoralari (vazirliklar, elchixonalar va boshqalar) tomonidan Ozarbayjon Respublikasining elchixonalari yoki Tashqi ishlar vazirligiga rasman tavsiya qilinishlari kerak.
Hujjat topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotni Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasidan olish mumkin.
Nomzodlar ariza to‘ldirayotganlarida o‘z xohishlaridan kelib chiqqan holda ro‘yxatda keltirilgan universitetlardan 3 tasini belgilashlari kerak so‘raladi.
Hujjat topshirishda quyidagilar so‘raladi:
- Ariza shakli;
- Nomzodning bugungi kungacha olgan ta’limi (maktab/kollej/universitet)to‘g‘risida ma’lumotnomalar va baholari ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda topshirilishi kerak. Agar hujjatlar rus tilida bo‘lsa ingliz tiliga tarjima qilinmasdan notarial tasdiqlangan shaklda topshirilishi mumkin;
- Pasport nusxasi;
- Nomzodning salomatligi yaxshiligi hamda OITS, gepatitning barcha turlari bo‘yicha ijobiy natijalarni ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma. Ushbu ma’lumotnomalar ingliz tiliga tarjima qilingan va rasmiy tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
- CV/Rezyume;
- Motivatsion xat.
Ushbu havola orqali arizani topshirish bo‘yicha ko‘rsatma bilan tanishib chiqish mumkin.
Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonidan so‘ng nomzodlar bilan onlayn intervyu o‘tkaziladi. Faqat dasturga qabul qilingan nomzodlar bilan bog‘laniladi.