Tavsif
Buyuk ozarbayjon shoiri va faylasufi Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan ICYF — Islom hamkorlik tashkiloti Xalqaro insholar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovning maqsadi yoshlarga ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviyning musulmon madaniyatidagi oʻrni haqida maʼlumot berish, shuningdek, uning merosini yoshlarga oʻrgatish, va ular oʻrtasida keng targʻib qilish va umummaʼrifiy ishlarni tashkil etishdan iborat.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar “Nizami-poet for all humanity” mavzusida kamida 700, koʻp bilan 1500 soʻzdan iborat insho yozishi lozim.
Tanlov yakunida 5 nafar eng yaxshi yozilgan insho mualliflari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.