Tavsif
Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Fan va taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro talabalar uchun grant dasturi — Azerbaijan Government Study Scholarship taqdim etiladi. Dastur doirasida har yili 100 ta taʼlim granti ajratiladi.
Ushbu grant dasturi xorijiy fuqarolarning Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Quyidagi taʼlim darajalarida oʻqish uchun uchun grant beriladi:
- Bachelorʼs Program;
- General medicine Program;
- Masterʼs Program;
- Medical Residency Program;
- Doctoral (PhD) Program.
Grant 2026–2027 oʻquv yilidan boshlab 5 yil davomida har yili taqdim etiladi va hamda oʻquv yili 2026-yil 15-sentyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: Ushbu grant dasturi yana Heydar Aliyev International Education Grant Program ham deb ataladi. Chunki dastur Ozarbayjonning Milliy yetakchisi Heydar Aliyev xotirasiga bagʻishlangan.
Dastur Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2023-yil 8-iyuldagi farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib, tanlab olingan nomzodlarga Ozarbayjonning yetakchi universitetlarida tayyorlov kurslari, bakalavriat, magistratura, doktorantura, umumiy tibbiyot hamda tibbiyot rezidenturasi dasturlarida tahsil olish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.