Ozarbayjonda yosh tadbirkorlar uchun xarajatlari to'liq qoplanuvchi sammit -  Investment & Culture Summit
Ozarbayjon Ozarbayjon
04 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Ozarbayjonda yosh tadbirkorlar uchun xarajatlari to'liq qoplanuvchi sammit - Investment & Culture Summit

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Islom Hamkorlik Yoshlar Forumi (ICYF) va Kichik va O'rta Biznesni Rivojlantirish Agentligi (SMBDA) Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot va Madaniyat vazirliklari homiyligidagi  “2021-yil Ozarbayjon Madaniyat va Sarmoya Sammiti” da ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishni boshladi.

Uch kunlik sammit "Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) ichidagi investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish sari: Qorabog'da tinchlik va taraqqiyotni saqlash sarmoyasi" mavzusida tashkil etilgan bo'lib, unda bir qator yarmarkalar, panellar, madaniy tadbirlar, ko'rgazmalar, netvorking sessiyalari va boshqa tadbirlar o'tkaziladi. Shuningdek, sammitda madaniy sayohatlar, foto va vizual ko'rgazmalar va boshqa madaniy tadbirlar ham tashkil qilinadi. Madaniy tadbirlar doirasida Qorabog'ga tashrif ham rejalashtirilgan.

Biznes yarmarkasi doirasida, belgilangan yo'nalishlardagi 20 ga yaqin yetakchi innovatsion xalqaro startaplar, kichik va o'rta biznes egalari 3 kun ichida yuqori darajadagi ishtirokchilarga o'z yangiliklarini namoyish etishadi va sarmoyalarni joylashtirish amalga oshiriladi.

Yo'nalishalar:

  • Food & Agri-Tech
  • Green Industry
  • Fintech
  • Games and Applications
  • Environment & Renewable Energy
  • Smart Tech
  • Aviation & Space Tech
  • Logistic & Smart City

Kimlar uchun mo'ljallangan

Sammitda kimlar ishtirok etishi mumkin?

  • Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a'zo davlatlarning yosh tadbirkorlari;
  • IHTga a'zo bo'lmagan, musulmonlar ozchilikni tashkil qiluvchi davlat fuqarolari;
  • Vaksina olganligini isbotlovchi hujjatga ega bo'lgan nomzodlar (Ozarbayjonga kirish uchun).

Imtiyozlar va qulayliklar

Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi:

  • Sayohat xarajatlari
  • Turar-joy va oziq-ovqat
  • Madaniy tadbirlar

Topshirish jarayoni

Sammitda ishtirok etish uchun maxsus ariza shaklini ushbu havola orqali to'ldirishingiz lozim. 

Eslatma: Faqat qabul qilingan nomzodlar bilan aloqaga chiqiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Sammit 2021-yil 27-29-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib o'tadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ozarbayjon Ozarbayjonda yosh tadbirkorlar uchun xarajatlari to'liq qoplanuvchi sammit - Investment & Culture Summit
04 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.