Tavsif
Ozarbayjonning Boku shahrida 2025-yilning 11-14-aprel kunlari Changemakers Summit Azerbaijan 2025 xalqaro sammiti bo‘lib o‘tadi. 4 kun bo‘lib o‘tadigan sammit butun dunyodan bo‘lgan yosh yetakchilarni jamlaydi. Global rivojlanish siyosatini shakllantirish maqsadida tashkillashtirilgan ushbu sammit davomida seminarlar, munozaralar va madaniy almashinuvlar bo‘lib o‘tadi. Dasturda 16-45 yosh oralig‘idagi barcha davlat fuqarolari va keng soha vakillari qatnashishlari mumkin. Dasturda to‘liq, qisman va moliyalashtirilmaydigan grant orqali qatnashish imkoni mavjud. To‘liq moliyalashtiriladigan grant nomzodlarning barcha xarajatlarini qoplaydi.
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 22-fevralgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.