Tavsif
2024-yil 11-22-noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida IOM COP29 Youth Delegates on Climate Migration dasturi tashkil qilinadi.
Dasturda iqlim oʻzgarishi va migratsiya masalalari boʻyicha turli mavzularda global muhokamalar va kelishuvlar amalga oshiriladi. Unda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqlim oʻzgarishi va migratsiya masalalariga qiziquvchi va bu borada yetakchilik faoliyatini olib borgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur bu borada tajriba oshirish hamda dolzarb masalalarni global miqyosda tahlil qilish hamda boʻlishish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.
Dastur besh kategoriyada olib boriladi va jami 20 nafar ishtirokchi saralab olinadi va tоʼliq mоliyalashtiriladi. Ishtirokchilar iqlim oʻzgarishi va migratsiya masalalaridagi soʻnggi oʻzgarishlar, mashaqqatlar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlish va ularning inson huquqlari, rivojlanish va tinchlikka boʻlgan aloqadorligini oʻrganish imkoniga ega boʻlishadi.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 20-avgustgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.