Tavsif
Nailekhanim Foundation jamgʻarmasi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan Xazar universitetida magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqishni maqsad qilgan barcha ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Dasturda akademik jihatdan faol, oʻz sohasi boʻyicha kuchli bilim va salohiyatga boʻlgan ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin. Universitetda darslar ingliz tilida olib boriladi.
Dasturda ishtirok etish uchun ayol-qizlar 2026-yil 30-iyunga qadar Xazar universitetida magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish uchun hujjat topshirgan boʻlishi kerak.
Dasturga qabul qilingan eng yaxshi 1 nafar ishtirokchining barcha xarajatlari jamgʻarma tomonidan qoplanadi va oylik stipendiya bilan ham taʼminlanadi.