Tavsif
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi tasviriy sanʼat, dizayn va zamonaviy sanʼatning barcha yo‘nalishlaridagi ijodkor yoshlarning milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin sanʼat asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Navqiron O‘zbekiston” iqtidorli yoshlar respublika zamonaviy sanʼat ko‘rgazma-tanlovini e'lon qiladi.
Tanlov quyidagi 3 (uch)ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
- tasviriy sanʼat: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik;
- dizayn: meʼmoriy, landshaft, interer va h.k.;
- zamonaviy sanʼat: foto-art, video-art, installyatsiya, perfomans va boshqalar.
Tanlov haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.