Oʻzbekiston boʻylab 17-25 yosh oraligʻidagi yoshlar uchun Young Leaders Development Project dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
04 Sen, 2022 · Muddat tugagan

Oʻzbekiston boʻylab 17-25 yosh oraligʻidagi yoshlar uchun Young Leaders Development Project dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

UzTEA va Mahorat & Management hamkorligida hamda Germaniyaning Friedrich-Ebert-Stiftung (FES) notijorat tashkiloti yoshlarni jamiyatning yangi liderlari boʻlish uchun YLDP-7-G loyihasiga taklif etadi.

Dasturda 17 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Treninglar HRD — Inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha CPD-Continuing Professional Development loyihasi metodologiyasi asosida tashkil etiladi. Beshta modul Young Leaders Development loyihasi keyingi avlodining bir kursi sifatida taqdim etiladi.

Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Treninglarda qatnashish mutlaqo bepul.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzodlar 17-25 yosh oraligʻida boʻlishlari lozim;
  • Dastur ingliz tilida olib borilganligi sababli, nomzodlardan ushbu tilni bilish haqidagi rasmiy sertifikatni (IELTS, TOEFL, DTM) taqdim etishlari soʻraladi. Minimum talab IELTS 5.5.

Dastur maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Nomzodlar jamiyatda yetakchilik qobiliyatiga erishish boʻyicha yangi bilim va koʻnikmalarni bepul treninglar orqali oʻzlashtirishadi.

Eslatma: Dastur qatnashchilarning sayohat hamda choʻntak xarajatlarini qoplamaydi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlarni dasturning telegram manzilida qoldirish mumkin: @yldp_bot

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 17, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5.5

O‘zbekiston Oʻzbekiston boʻylab 17-25 yosh oraligʻidagi yoshlar uchun Young Leaders Development Project dasturi
04 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.