Tavsif
Oʻzbekiston 2024-yil 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar nufuzli xalqaro musobaqa futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida boʻlib oʻtadi.
Ushbu xalqaro ahamiyatga ega musobaqada ishtirok etish, tajriba orttirish hamda koʻplab koʻngilochar tadbirlarda ishtirok etish istagidagi koʻngillilarni FIFA Volunteer jamoasiga qoʻshilish taklif qilinmoqda. Volontyorlar musobaqalar oʻtkazish, media, marketing, terma jamoalar bilan ishlash, protokol, tibbiyot, xavfsizlik, IT, akkreditatsiyalash, mehmonlarni kutib olish xizmati, transport va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi.
Mazkur musobaqada yuzlab koʻngillilar ishtirok etishi rejalashtirilgan hamda nomzodlarni roʻyxatga olish va saralash jarayonlari joriy yilning 1-iyuliga qadar davom etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.