Tavsif
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan yirik turnir — U-23 Osiyo kubogida volontyor sifatida ishtirok etish uchun koʻngillilarni taklif etadi.
Dastur bir necha bosqichni: mezbonlik qiluvchi jami 3 shahardan koʻngillilarni saralab olish, maxsus tayyorgarlik va turnir davomida ularning ishlarini tashkil etishni oʻzi ichiga oladi.
2022-yilgi U-23 Osiyo kubogida yuzlab volontyorlarni qamrab olish koʻzda tutilgan. Koʻngillilar ommaviy axborot vositalarida, mehmonlar bilan ishlash jarayonlarida, jamoaviy xizmatlarda, tibbiy hamda doping nazorati va boshqa sohalarda yordam koʻrsatishi rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro turnirning tashkilotchilaridan biriga aylanish va katta tajribaga ega boʻlish uchun talabgorlar ingliz tilidagi soʻrovnomani toʻldirishlari kerak.
Dastur boʻyicha batafsil maʼlumotlarni rasmiy telegram sahifasidan olish mumkin.