Tavsif
Оʼzbekistоn maydonlarida boʻlib oʻtadigan bir qator musobaqalar, xususan, U-20 ayollar Osiyo kubogi, JCh-2026 saralash oʻyinlari hamda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatida ishtirok etuvchi koʻngillilarni jalb etish dasturining birinchi bosqichiga start berildi. Dastur bir necha bosqichni: koʻngillilarni saralab olish, maxsus tayyorgarlik va turnir davomida ularning ishlarini tashkil etishni oʻzi ichiga oladi.
Volontyorlar musobaqalar oʻtkazish, media, marketing, terma jamoalar bilan ishlash, protokol, tibbiyot, xavfsizlik, IT, akkreditatsiyalash, mehmonlarni kutib olish xizmati, transport va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi.
Quvnoq, harakatchan, sogʻlom turmush tarzini olib boruvchi, xorijiy tillarni yaxshi biladigan, keng kasbiy mahoratga ega va yuqoridagi talablarga javob bera oluvchi barcha dasturda qatnashishi mumkin.
Roʻyxatga olish jarayoni joriy yilning 20-martiga qadar davom etadi.
Dastur boʻyicha batafsil maʼlumotlarni rasmiy telegram sahifasidan olish mumkin.