Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Gerbim — iftixorim” onlayn intellektual tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
01 Iyl, 2022 · Muddat tugagan

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Gerbim — iftixorim” onlayn intellektual tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Gerbim — iftixorim» onlayn intellektual tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan aholining davlat ramzlariga oid bilimlarini, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan  oʻtkaziladi.

Tanlov 2022-yilning 1-iyul kuni Uyushmaning maxsus Telegram botida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Ushbu viktorina 2022-yil 1-iyul kuni soat 06:00 dan 18:00 ga qadar 1 kun davom etadi. Eng baland natija ko'rsatgan 10 kishiga diplom va esdalik sovg'alari beriladi. 

Tanlov nizomi bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda yoshi va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar va sovrindorlari 2-iyul kuni oʻtkaziladigan tantanali marosimda taqdirlanadi.

  • Eng yuqori ball toʻplagan 10 nafar ishtirokchi maxsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Tanlov ishtirokchilarning davlat gerbi, xususan davlat ramzlariga doir bilimlarini hamda huquqiy savodxonligi darajasini baholash orqali oʻtkaziladi.

Tanlovda maxsus bot orqali roʻyxatdan oʻtganlargina ishtirok etishadi.

  • “Savol” tugmasi bosilgandan soʻng, savollar kelishni boshlaydi.  Jami 40 ta savol taqdim etiladi. Har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi;
  • Tanlovda ishtirok etish mobaynida javobning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi bildiriladi, toʻgʻri javob koʻrsatilmaydi;
  • Tanlov davomida reyting natijalari bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.

ESLATMA! Bir ishtirokchi faqat bir profildan qatnashishi mumkin. Agar yana boshqa raqam orqali ishtirok etayotgani aniqlansa, erishgan natijasidan qatʼi nazar, tanlovdan chetlashtiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Ishtirokchilar 1-iyul kuni soat 06:00 dan 18:00 gacha boʻlgan vaqt ichida oʻzlariga qulay vaqtda savollarga javob berishlari mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Gerbim — iftixorim” onlayn intellektual tanlovi
01 Iyl, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.