O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamkorligidagi “O‘zbekiston – Rossiya Federatsiyasi” startap loyihalari tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
04 Avg, 2021 · Muddat tugagan

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamkorligidagi “O‘zbekiston – Rossiya Federatsiyasi” startap loyihalari tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda “O‘zbekiston – Rossiya Federatsiyasi” startap loyihalari tanlovini eʼlon qiladi.

Hamkorlikda amalga oshiriladigan startap loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi.

Tanlov innovatsiyalarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2021 yil 5 avgust.

Innovatsion rivojlanish vazirligi har bir loyiha uchun 2 yil davomida 1 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi mablag‘larni taqdim etadi. Loyihaning davomiyligi 24 oydan oshmasligi kerak.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha innovatsion yo'nalishlardagi startap loyihalar qatnashishi mumkin;
  • Tanlovda ishtirok etish uchun innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar Rossiya Federatsiyasining tadbirkorlik subyektlari bilan loyihani amalga oshirish uchun “loyiha sheriklari” sifatida birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga ega bo‘lishlari kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • G'olib loyihalar 2 yil davomida 1 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi mablag‘lar bilan ta'minlanadi

Topshirish jarayoni

  1. Tanlov va ariza shakli haqida to‘liq maʼlumotlarni havola orqali yuklab olishingiz mumkin. Hujjatlarning elektron nusxalari quyidagi elektron manzil orqali qabul qilinadi: startup.uz.ru@gmail.com
  2. Talabnoma shakli rus tilida to‘ldirilishi va belgilangan muddatdan kechiktirmay yuborilishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Savollar bilan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:

(71) 227 4317; (71) 203-32-23 (232)

Tanlov natijalari Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamkorligidagi “O‘zbekiston – Rossiya Federatsiyasi” startap loyihalari tanlovi
04 Avg, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.