Tavsif
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar” tanlovi e’lon qilinadi. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan loyihalar moliyaviy jihatidan qo'llab-quvvatlanadi.
Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va/yoki jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, yangi xizmat yarata olishi;
- Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
- Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti, va/yoki ko‘zda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi;
- Loyihaning investitsion jozibadorligi – qo‘shimcha foyda keltirib, mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o‘zini o‘zi qoplashi va rentabelligi;
- Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi;
- Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h;
- Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish.
Ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.