O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Butunjahon jamgʻarish kuni” ga bag'ishlangan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizaynlarini yaratish boʻyicha tanlov
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Okt, 2021 · Muddat tugagan

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Butunjahon jamgʻarish kuni” ga bag'ishlangan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizaynlarini yaratish boʻyicha tanlov

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Markaziy bank tomonidan “Butunjahon jamgʻarish kuni” (World Savings Day 2021) ga bag'ishlangan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizaynlarini yaratish boʻyicha tanlov e'lon qilinadi.

Tanlovga jamg'arma nomiga mos keladigan dizayndagi tangalar va suvenirlarning dizaynlari qabul qilinadi. 

Dizaynga qo‘yilgan talablar:

  • dizayn muallif tomonidan chizilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi, shuningdek, jamgʻarma mavzusiga bagʻishlangan boʻlishi kerak;
  • dizayn tanga yoki suvenir toʻplamlarning avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) koʻrinishlaridan iborat boʻlishi;
  • dizayn doira ichiga qalamda chizib (A4 formatda) yoki kompyuter grafikasidan (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) foydalanib tayyorlanishi va tasvirlangan har bir element aniq koʻrinishi lozim.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar joriy yilning 31-oktabriga qadar qabul qilinadi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlov quyidagi shartlar va mezonlar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • dizayn muallif tomonidan chizilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi, shuningdek, jamgʻarma mavzusiga bagʻishlangan boʻlishi kerak;
  • dizayn tanga yoki suvenir toʻplamlarning avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) koʻrinishlaridan iborat boʻlishi;
  • dizayn doira ichiga qalam ishi (A4 formatda) yoki kompyuter grafikasidan (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) foydalanib tayyorlanishi va tasvirlangan har bir element aniq koʻrinishi lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

Ishlab chiqilgan dizaynlar yuborilayotganda muallifning quyidagi ma'lumotlari to‘liq ko‘rsatilishi kerak:

  • aniq ism-familiyasi;
  • yashash manzili;
  • telefon raqami;
  • elektron pochta manzili;

To‘ldirilgan ma'lumotlar:

  • konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga “WSD Esdalik tangalar va suvenir toʻplamlari dizayni tanlovi” sarlavhasi bilan yuborilishi kerak;
  • yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov koʻchasi) taqdim etilishi soʻraladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar joriy yilning 31-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Taqdim etilgan dizaynlar Markaziy bankning tanlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi va eng yaxshi ishlar tanlab olinadi.

Tanlov haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun:

  •  (71) 212-73-58, (71) 212-73-56 raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Butunjahon jamgʻarish kuni” ga bag'ishlangan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizaynlarini yaratish boʻyicha tanlov
30 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.