Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi – “soʻm”ning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik oʻrtasida tanilishini taʼminlash maqsadida Markaziy bank tomonidan milliy valyuta “Soʻm ramzi”ni yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazilmoqda.
Tanlovda mamlakatning milliy valyutasini xalqaro miqyosda oʻziga xosligi, xalqimizning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.
Tanlovga topshiriladigan ishlar quyidagi mezonlarga koʻra baholanadi:
- Oʻziga xoslik (unikal) va original;
- Universallik;
- Oson tanib olinishi;
- Ramziy va farqli jihatlari;
- Konsepsiyaning mavjudligi va uning batafsil tavsifi;
- Soʻm ramzining turli formatlarda grafik qoʻllanilishining qulayligi (har qanday oʻlchamdagi reklama va axborot vositalari, plakatlar, varaqalar, tashqi reklamada).
Gʻolib uchun 15 000 000 (oʻn besh million) soʻm miqdorida pul mukofoti berilishi koʻzda tutilgan.
Tanlov haqida batafsil bu yerdan bilib olish mumkin.