Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi bo'yicha tanlov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi bo'yicha tanlov

  • 06/09/2022 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 09/09/2022 17:00 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilindi. Unda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrning kunduzgi boʻlimining soʻnggi kursida (4-kursda) hamda magistraturada taʼlim olayotgan talabalarga ishtirok etishlari mumkin.

Stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarga respublika hududida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya belgilanadi.

2022-2023 oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 2022-yil 3-oktyabrdan tayinlanadi.

Maqbullik shartlari

Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrning kunduzgi boʻlimining soʻnggi kursida (4-kursda) hamda magistraturada taʼlim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, faqat quyidagi Toshkent shahrida joylashgan oliygoh talabalati ishtirok etishi mumkin:

  • Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti;
  • Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Toshkent Moliya instituti;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
  • Toshkent shahridagi INHA universiteti;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti.

Foydali tomonlari

  • Gʻoliblar respublika hududida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya olishadi;
  • Stipendiatlar oʻz xohishiga koʻra oliy oʻquv yurtlarini bitirganlaridan soʻng bank tizimiga ishga joylashtiriladi;
  • Stipendiatlar bakalavriatni tugatganidan soʻng, Markaziy bankka ishga kirgan taqdirda, tegishli xalqaro moliya institutlariga tajriba almashish va mutaxassislik boʻyicha magistratura yoki PhD yoʻnalish boʻyicha oʻqish uchun xorijga umumiy tanlov asosida yuborilishi mumkin.

Hujjat topshirish

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  • oʻquv jarayonida (soʻnggi semestr natijalariga koʻra) yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;
  • bitta xorijiy tilni mukammal bilish tavsiya etiladi (IELTS — 6.5) sertifikatiga ega boʻlganlarga ustunlik beriladi;
  • iqtisodiyot boʻyicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi gʻolibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari so‘raladi:

  • maʼlumotnoma (obyektivka), rangli rasm;
  • pasport nusxasi;
  • nomzodning reyting (sinov) daftarchasi nusxasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun oʻrnatilgan tartibda fanlarni oʻzlashtirish bali toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
  • nomzodning chet tilini oʻzlashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy ishlanmalari, ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan maʼruza tezislari va chop etilgan maqolalari (agar mavjud boʻlsa).

Zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi!

Hujjatlar quyidagi manzilga yuboriladi

  • Barcha hujjatlar kopiyasi (PDF formatda, fayl yigʻmajildida) har bir otm ma'sul shaxslariga topshiriladi.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2022-yil 9-sentyabr soat 17:00 gacha.

Koʻrib chiqish va tanlov muddati: 2022-yil 12-sentyabr – 16-sentyabr.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Batafsil maʼlumotni tegishli Oliy taʼlim muassasasi veb saytida topishingiz mumkin.
Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi bo'yicha tanlov

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar